Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-08-13 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 13-avgust kuni Guliston shahrining Bog‘ishamol mahallasida joylashgan Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida har bir yosh bilan individual tarzda suhbat olib borilib, ularni qiynayotgan muammolar, tashabbuslar, shuningdek, murojaatlar atroflicha tinglandi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘chma savdo do‘koni faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun joy ajratish, ish bilan kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o'zida yechim topilgan bo'lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va tashabbuslarini bevosita o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.









