Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ishlar kuchaytirilmoqda
2026-08-11 21:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-avgust kuni Guliston shahrida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha shtab muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Guliston shahar bo‘limi xodimi A.Nasrullayev, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Xo‘jamqulov hamda masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish, norasmiy mehnat munosabatlarini bartaraf etish hamda soliq majburiyatlarini to‘g‘ri bajarish masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng masʼul xodimlar tomonidan hududlarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganilib, ularning qonunchilik talablariga rioya etayotgani, faoliyatini qonuniy va shaffof yuritayotgani hamda soliq majburiyatlarini bajarishi holati tahlil qilindi.
Asosiy maqsad — yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, halol raqobat muhitini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatining shaffofligini taʼminlash.
Xudoyberdi Ashurov,
shahar soliq inspeksiyasi.






