Sirdaryoda shaxmat ommaviylashmoqda
2026-08-07 20:30:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda ushbu klubda 100 nafarga yaqin yosh shaxmat bilan muntazam shugʻullanmoqda.
Eʼtirof etish lozimki, soʻnggi yillarda Sirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasining moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada mustahkamlandi. Federatsiya uchun Yoshlar markazida alohida xonalar ajratildi. Viloyat hokimining qarori asosida federatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun 200 million soʻm mablagʻ ajratilib, zamonaviy shaxmat taxtalari, Brayl shaxmat toʻplamlari, elektron shaxmat soatlari, kompyuter texnikalari hamda shaxmat adabiyotlari xarid qilindi.
— Viloyat shaxmat federatsiyasi raisi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan sport maktablaridagi shaxmat uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik sharoit ham tubdan yaxshilandi, — deydi Sirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Samandar Jumayev. — Uzoq yillar davomida foydalanilgan, eskirgan inventarlar oʻrniga zamonaviy shaxmat taxtalari va elektron shaxmat soatlari yetkazib berildi. Bu shaxmat murabbiylarining mashgʻulotlarni zamonaviy standartlar asosida tashkil etish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Shuningdek, shaxmat saboqlarida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan ham samarali foydalanilayotir. Xususan hozirda 10450 nafardan ortiq yosh shaxmat sirlarini “UZChess” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda oʻrganmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
