Guliston shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-08-05 13:55:00 / Yangiliklar

Bugun, 5-avgust kuni Guliston shahar Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul shahar hokimi Farrux O‘ktamjonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabul davomida shaharning turli mahallalaridan kelgan 29 nafar fuqaro o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Jumladan, tadbirkorlik, yo'lni kengaytirib berish, ish bilan ta'minlash, uy-joy ta'miri, moddiy yordam ajratilishi kabi masalalar muhokama qilindi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga qabulning o'zida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilab berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bunday ochiq qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









