Farrux O‘ktamjonov rahbarligida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-29 13:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 29-iyul kuni Guliston shahar Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul shahar hokimi Farrux O‘ktamjonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabul davomida shaharning turli mahallalaridan kelgan 20 nafar fuqaro o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Jumladan, tadbirkorlik, ish bilan ta'minlash, uy-joy, sog'ligini tiklash, yer maydonini xususiylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Qabul jarayonida ko‘tarilgan murojaatlarning katta qismi mas’ullar tomonidan joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan bevosita ishlash, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









