Guliston shahrida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi
2026-07-23 18:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 23-iyul kuni Guliston shahri hokimi o'rinbosari Dilmurod Toshboyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston shahri yoshlari, yoshlar yetakchilari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.






