Guliston shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-22 12:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 22-iyul kuni Guliston shahri Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul shahar hokimi Farrux O‘ktamjonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Unda 15 nafar fuqaro tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat bildirildi. Jumladan, kadastr, sog'ligini tiklashda yordam berilishi, uy-joy, kompensatsiya puli, yer maydonini auksionga chiqarish kabi masalalar muhokama qilindi.
Qabul jarayonida ko‘tarilgan murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o'zida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan bevosita ishlash, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









