Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?
2026-07-21 21:30:00 / Yangiliklar

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Guliston shahri obodonlashtirish boshqarmasida aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mahallalarni kompleks rivojlantirish maqsadida rejali ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida Guliston shahri obodonlashtirish boshqarmasi yo‘l bo‘limida 10 ta ish o‘rni yaratilib, 32 ta ishchi ishchi-xizmatchilardan 42 taga yetkazildi. Ushbu natijalar aholini doimiy daromad manbai bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan islohotlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Ushbu yo‘nalishda 58 ta, reja doirasida 24 ta natija qayd etilib, reja 50 foizga bajarilishiga erishildi.
Nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun maxsus trotuar yo‘lakchalar qurilib, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, himoyaga muxtoj fuqarolardan hisobot davrida 8 tasi ishga qabul qilindi, iqtisodiy faolligini oshirish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hozirgi kunda 2 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, belgilangan tartibda shahar aholisiga eʼlon berilgan.
Yil yakuniga qadar yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar rejali tarzda olib boriladi.








