«Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash - korrupsiyaning oldini olish omili»
2026-07-11 17:00:00 / Matbuot anjumanlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF–71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda davlat xizmatchilari o‘rtasida yuksak huquqiy madaniyatni qaror toptirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, bo‘lim xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, xizmat odobi qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari va o‘quv seminarlari muntazam tashkil etildi.
Shuningdek, barcha xodimlarga korrupsiya holatlari yuzasidan murojaat qilish tartibi, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, davlat mulkidan maqsadli foydalanish hamda budjet mablag‘larining samarali sarflanishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
- "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida ochiq muloqot va targ‘ibot tadbiri;
- "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida yoshlar so‘rovnomalar;
- Yoshlar yetakchilari ishtirokida mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari;
- Ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan videoroliklar, infografikalar va targ‘ibot materiallarini muntazam e’lon qildi.
Loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar
1. "Adolat elchilari" loyihasi. Yoshlardan iborat ixtiyoriy targ‘ibot guruhlari shakllantirildi. Mahallalar va ta’lim muassasalarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
2. "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" aksiyasi-Intellektual viktorinalar hamda huquqiy savol-javoblar o‘tkazildi.
3. "Ochiq eshiklar kuni" Yoshlarga davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari tushuntirildi. Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati bilan tanishtirildi.
Bundan tashqari, Yoshlar ishlari bo‘limida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtirilib, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shaffof qaror qabul qilish va davlat xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiya xavflarini baholash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida ishlar davom ettirilmoqda.
Guliston shahar Yoshlar ishlari bo‘limi kelgusida ham PF–71-sonli Farmon talablari ijrosini ta’minlash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, yoshlarni halollik, vatanparvarlik va yuksak huquqiy madaniyat ruhida tarbiyalash hamda davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlarini izchil davom ettiradi.



