#TAYINLOV
2025-03-04 18:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari - Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, tayinlovga qadar FVV Shtab boshlig‘ining o‘rinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.