Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Favqulodda vaziyatlar bo‘imining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etdi
2025-02-03 12:15:00 / Yangiliklar
![Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Favqulodda vaziyatlar bo‘imining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F44b6e9f7-bf6e-154e-a371-b10200a68fcf_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev shu yerda xizmat olib boruvchi shaxsiy tarkibiga obyektning ramziy kalitini topshirdi. Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi M.B.Azimov, mahalla oqsoqollari, kasb faxriylari ham ishtirok etdi. Yangi muassasada munosib xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, yangi boʻlimga yangi yong‘in-qutqaruv avtomashinasi ham topshirildi.