Bu yilgi "Vazir va yoshlar" uchrashuvi tadbiri Qashqadaryo yoshlari bilan uchrashishdan boshlandi
2025-02-01 14:45:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi uchrashuv Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi rahbariyati, Qarshi shahar sektor rahbarlari ishtirokida Qarshi davlat universitetida tashkil etildi.
Unda tizimda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilar, otaliqqa olingan yoshlar, talabalar, faol mahalla yoshlari, yosh tadbirkorlar, jamiyatda yuqori natijalarga erishgan yoshlar, xususan, fan olimpiadalari g‘oliblari, sportchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoshlar bilan erkin suhbat qurib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritdi va kasbiy bilim tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tadbir davomida yosh tadbirkorlar va yoshlar tomonidan bildirilgan ayrim muammolar joyida hal etilishiga erishilib, ayrimlari mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, jarayonda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha viktorina orqali yoshlarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Tadbir yakunida, ishtirokchi faol yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining "Faxriy yorlig‘i", "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.