Toshkent viloyatida o‘rmonzorlarda yong‘inlarning oldini olish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2025-01-24 20:10:00 / Yangiliklar
Ikki idora mutaxassislari o‘rmon yong‘inlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning aniq misollarini o‘z ichiga olgan xolda bir qator ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, bu ishlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi. Muhokama chog‘ida xalqaro tajriba ham muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Toshkent, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida o‘rmonzorlar mavjud bo‘lib, ushbu hududlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash soha tashkilotlari uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Jizzax viloyatining Zomin tumanlarida o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining ixtisoslashgan yong‘in-qutqaruv otryadlari tashkil etilib, ular kecha-yu kunduz xizmat olib bormoqda. Seminarning asosiy ma’ruzachilari qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sanjar Zuparov va O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbari Erkin Muhitdinov ishtirok etdi.