FVV xodimlari ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar forumida faol ishtirok etdi
2025-01-11 08:25:00 / Yangiliklar
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari ko‘rgazmasi hamda yeng sara ishlanmalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va ularning sara ilmiy ishlanmalari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilib, vazirlikning 5 nafar eng faol yoshlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Tadbir so‘ngida vazirlikning yosh olimlari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga Texnotur tashkil qilindi. Unda yosh olimlar texnoparkning mavjud maxsus texnik vositalar bilan ta’minlangan biotexnologik laboratoriya, ishlab chiqarish xonasi, tovush laboratoriyasi, robototexnika va standartlashtirish bo‘limlari bilan yaqindan tanishdilar.