Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Sergeli va Yangi hayot tumanlarida tungi o‘rganish ishlarini olib bordi
2024-12-28 11:25:00 / Yangiliklar
Yangi yil bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish davrida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ob-havoning murakkab sharoitlarida kommunal va energetika sohalarining aholiga benuqson xizmat koʻrsatilishi hamda xavfsizlik choralarini toʻliq ta’minlanishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tungi o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda bayram tadbiri archalarining texnik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga asosan o‘rnatilganligi, ko‘zdan kechirildi va kunu tun navbatchiligi tashkil etilgan shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikaning shayligi va texnik holati bilan tanishildi.
Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida tumanlardagi Boshqaruv servis kompaniyalarining bir nechta obyektlarida xizmat olib borilishi o‘rganildi va zarur ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishlar davomida FVV Akademiyasiga ham tashrif buyurilib, shaxsiy tarkib bilan uchrashuv o‘tkazildi va yaratilgan sharoitdar bilan tanishildi.