"Vazir va yoshlar" uchrashuvining navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi
2024-12-14 18:55:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokidagi uchrashuv viloyatning olis hududlaridan biri - Oltinsoy tumanida tashkil etildi. Unda tizimda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar, sohaga endi qadam qo‘ygan yosh mutaxassislar bilan bir qatorda Vazir bilan uchrashish istagini bildirgan faol mahalla yoshlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, Yosh kitobxon, Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblari hamda sportchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoshlar bilan erkin suhbat qurib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Shuningdek, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar va qutqaruvchilik sohasida ishlash istagini bildirgan bir guruh yoshlar dastlabki saralashga tavsiya etildi. Mas’ullarga yoshlar bilan yaqindan ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida, ishtirokchi faol yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining "Faxriy yorlig‘i" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.