Navoiy viloyatida Boshqaruv servis kompaniyalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari malakasi oshirilmoqda
2024-11-19 08:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18-noyabr kunidan Navoiy viloyatida o‘quv kurs mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida Fuqaro muhofazasi instituti, FVV Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, pedagoglari tomonidan viloyatning Boshqaruv servis kompaniyalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va tegishli mas’ullarni qishki mavsumning havo sovub ketgan paytlarida qilinadigan eng muhim ishlar, issiqlikni saqlash, energotejamkorlik va boshqa muhim vazifalar bo‘yicha zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.