Samarqandda ''Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi''ning respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi
2024-10-30 18:25:00 / Yangiliklar
Qizgin va murosasiz o‘tgan musobaqa yakuniga ko’ra, faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyati yoshlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Namangan viloyati yoshlari va 3-o‘rin Qashqadaryo viloyati yoshlariga nasib etdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatilardan jami 14 ta jamoa 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Musobaqa yakunida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev ishtirok etib, ishtirokchilarni kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi va ularning kelgusidagi ishlariga zafarlar tiladi.
Aytib o‘tish kerakki “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik o’quv yig’ini doirasida o’tkazilgan ushbu musobaqa juda ko‘tarinki ruhga va qiziqarli voqealarga boy bo‘lib, ishtirokchilarda ajoyib taassurotlar qoldirdi.