Andijon viloyati FVB tomonidan qirg‘oqlarni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar
2024-10-29 17:50:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi daxldor tashkilotlar bilan birgalikda sel-suv toshqini va ko‘chki hodisalarining oldini olishga qaratilgan ishlarni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda. Ushbu tasvirlar Jalaquduq tumanida suratga olingan. Bu yerda Qoradaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.