Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi
2024-10-22 09:10:00 / Yangiliklar
![Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fba025a1b-4e51-db3e-63be-6da9e002b6f0_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Fuqaro muhofazasi instituti, Yunisef tashkiloti, Toshkent shahar FVB, Qizil yarim oy, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatlari va boshqa hamkorlikdagi tashkilotlar ishtirokida, “Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar xavfi tahdidi yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo Davlatlarining favqulodda vaziyatlarga bardoshliligini ta’minlashga qaratilgan milliy va mahalliy salohiyatlarni mustahkamlash” loyihaviy dasturi doirasida gender masalalari bo‘yicha salohiyatlarni rivojlantirish hamda gender zo‘rovonlikning taxdidini pasaytirish tadbiriga oid hamkorlikdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, shartli ravishda zilzila yuz bergan shahardan, xavfsiz hududga ko‘chirilgan insonlani gender zo‘rovonligi va boshqa xavflardan qanday himoya qilish kerakligi bo‘yicha topshiriq berilib, barcha ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar.