Jizzax shahrida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-08-08 16:25:00 / Yangiliklar
Bugun, 8-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati boshqarmasi vakili ishtirokida Jizzax shahrida joylashgan monomarkazda viloyatning otaliqqa olingan yoshlari bilan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘zining hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishning ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi. Tadbir yakunida, faol yoshlarga "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari topshirildi.