FVB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi tayinlandi
2024-08-08 10:35:00 / Yangiliklar
Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tarkibini saylash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirga viloyat Harbiy prokuraturasi hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari taklif etilib, yigʻilish ishtirokchilariga maslahat kengashini tashkil etishdan maqsad, uning vazifalari hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Shundan soʻng ovoz berish yoʻli orqali maslahat kengashi raisi va aʼzolari saylandi.
Shuningdek, hududdagi "Yoshlar daftari"da turgan xotin-qizlarni jamiyatda o'z o'rnini topishga ko'maklashish, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif hamda tashabbuslarini o'rganish maqsadida seminar o'tkazildi. Uchrashuvda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'zlandi. Xotin-qizlarning mahallalarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, kasb-hunarli, tadbirkor bo‘lishiga ko‘maklashish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.