Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi tayinlandi
2024-08-02 15:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashini saylash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishga taklif etilgan Termiz harbiy prokurori hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari yigʻilish ishtirokchilariga maslahat kengashini tashkil etishdan maqsad, uning vazifalari hamda boshqarma tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek tadbir soʻngida ovoz berish yoʻli orqali saylangan maslahat kengashi raisi va aʼzolarining kelgusidagi faoliyatiga omad tiladilar.