O‘rtachirchiq tumanida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2026-10-13 11:20:00 / Yangiliklar

13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan O‘rtachirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosida texnikum o‘quvchilari hamda yosh yong‘in o‘chiruvchilar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, xususan, zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ko‘rgazmali namoyishlar o‘tkazildi. Shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning favqulodda vaziyatlar borasidagi bilimlarini oshirish, ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Unutmang: favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hayotingizni saqlab qolishi mumkin!




