⚠️ KUZ-QISH MAVSUMINI XAVFSIZ O‘TKAZAYLIK!
2026-10-12 17:00:00 / Yangiliklar

Parkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda aholi xonadonlari bo‘ylab profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida fuqarolarga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, is gazidan zaharlanish hamda yong‘inlarning oldini olish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xonalarni muntazam shamollatish, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va nosoz jihozlardan foydalanmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
❗️ Unutmang, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — o‘z hayotingiz va yaqinlaringiz hayotini asrash demakdir!



