Vatanparvar yoshlar safi kengaymoqda!
2026-10-10 14:25:00 / Yangiliklar

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga biriktirilgan 26-sonli umumta’lim maktabining “Jasorat” sinfiga yangi qabul qilingan o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda FVB mas’ullari, nuroniylar va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Yoshlar davlat bayrog‘i ostida El-yurt tinchligi hamda sharafli qutqaruvchilik kasbiga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda va’da berishdi. Taqdimot qismida saf tayyorgarligi ko‘rsatilib, faol o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu “Jasorat” sinfi yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash va kelajakda xalq xizmatida mardona turadigan posbonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.





