“KORRUPSIYA — KELAJAK KUSHANDASI”
2026-10-06 09:50:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati FVBBda shaharsozlik sohasida faoliyat yurituvchi profilaktika inspektorlari ishtirokida “Korrupsiya — kelajak kushandasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda yosh xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga aralashib qolmaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi tushuntirildi.
Seminar davomida Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i tomonidan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish va xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — har bir xodimning mas’uliyatidir!



