ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-09-25 08:15:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining shahar va tuman FVB hamda OFV bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirokida elektron hujjat aylanish tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda Ijro.fvv.uz, EDO.IJRO.UZ, E-XAT hamda cabinetpm2.gov.uz tizimlaridan foydalanish, ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan elektron tizimlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
📍 Ishtirokchilarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda elektron hujjat aylanish tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.





