⚠️ Kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligiga e’tibor kuchaytirilmoqda
2026-09-18 12:25:00 / Yangiliklar

Yangiyo‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlarida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌 Yong‘in xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!




