Yong‘in o‘chirish bo‘yicha o‘quv-taktik mashq o‘tkazildi
2026-09-18 10:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati FVBB FVBM harbiy xizmatchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida yong‘in o‘chirish bo‘yicha o‘quv-taktik mashqi hamda ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda kursantlar, professor-o‘qituvchilar va muddatli harbiy xizmatchilarga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi.








