IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
2026-09-17 13:00:00 / Yangiliklar

Yangiyo‘l shahar FVB xodimlari tomonidan shahar hududida “mahallabay” va “ko‘chabay” tamoyillari asosida fuqarolar o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chaqnash va yong‘inlarning oldini olish, shuningdek, nosoz isitish moslamalaridan foydalanmaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.
Profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish.




