HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI: XAVFSIZLIKKA E’TIBOR
2026-09-17 09:30:00 / Yangiliklar

Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Toshkent viloyati FVBB hamda uning barcha shahar va tuman bo‘limlarida “Turmushda va kundalik faoliyatda gaz uskunalari va isitish jihozlaridan xavfsiz foydalanish” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Toshkent viloyati FVBB Moddiy-texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i tomonidan mavzu doirasida batafsil tushuntirishlar berilib, gaz va isitish moslamalaridan foydalanishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari hamda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.








