MA’NAVIY-MA’RIFIY TAYYORGARLIK BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI
2026-09-15 09:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Sh. Teshaboyev tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani FVBda o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi — shaxsiy tarkib bilan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda, sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
Mashg‘ulotlarni rejalashtirish va samarali o‘tkazish yuzasidan tegishli tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.




