YONG‘INDAN OGOHLIK: PROFILAKTIKA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-09-15 16:30:00 / Yangiliklar

Zangiota tumani FVB inspektorlari tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida mahalla va ko‘cha bay tamoyili asosida aholi bilan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Suhbatlar davomida xonadonlarda yong‘in kelib chiqishining oldini olish, elektr jihozlari va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish hamda fuqarolarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.




