Qahramonlar xotirasi — xalq qalbida abadiy yashaydi!
2026-08-17 10:05:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati FVBB shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining o‘rinbosari — guruh komandiri, kapitan Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘lining yorqin xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 2026-yil 15-avgust kuni xizmat burchini bajarish vaqtida yuksak jasorat va fidoyilik ko‘rsatib, qahramonlarcha halok bo‘lgan kapitan Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘lining hayoti, xizmat faoliyati hamda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘z yuritildi.
Kapitan Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘lining Vatan oldidagi fidokorona xizmati va qahramonligi hech qachon unutilmasligi, uning yorqin xotirasi hamkasblari, shogirdlari va xalqimiz qalbida mangu saqlanib qolishi ta’kidlandi.





