“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
2026-08-13 14:50:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati FVBBda navbatdagi “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida targ‘ibot-profilaktika tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida “Jamoat joylarida odob-axloq qoidalari” mavzusida xodimlarga jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirga taklif etilgan mehmonlar — Vazirlik ShXB boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi mas’ul xodimi tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatida qonuniylik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibga xizmat va shaxsiy avtomobillardan foydalanishda belgilangan qonun va tartib-talablarga qat’iy rioya qilish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzmaslik hamda mas’uliyatni oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.







