“Dolzarb 60 kun” doirasida profilaktik seminar o‘tkazildi
2026-07-29 16:30:00 / Yangiliklar

Yangi Angren IES Obyektlar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari tomonidan korxona ishchi-xizmatchilari ishtirokida “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari doirasida seminar hamda ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy ko‘nikmalar namoyish etilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi.





