Korrupsiyaga qarshi kurash – halollik va adolat sari qat’iy qadam!
2026-07-21 19:10:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash, xizmat intizomini kuchaytirish hamda xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida hududiy shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida shaxsiy tarkibga poraxo‘rlik, firibgarlik va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarning jamiyat hamda davlat xizmatiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, transport vositalarini boshqarishda hushyorlikni oshirish hamda xavfsizlik talablariga so‘zsiz amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


