Qibray bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amaliy seminar o‘tkazildi
2026-07-13 15:10:00 / Yangiliklar

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan Qibray bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tarbiyalanuvchilar ishtirokida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida bolalarga yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri evakuatsiya qilish tartibi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmasdan to‘g‘ri harakat qilish hamda qutqaruv xizmatlariga murojaat etish tartibi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etilib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Bunday profilaktik tadbirlar aholining, ayniqsa yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish hamda yong‘inlarning oldini olishga xizmat qiladi.






