"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"
2026-07-09 16:35:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Kimyogarlar bog‘i hududida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq harbiy prokurori ishtirokida tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlar hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni bevosita tinglashdan iborat bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek, tashabbuskor va vatanparvar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.








