Qibray tumanidagi uy bog‘chasida yong‘in xavfsizligi o‘rganildi
2026-06-12 14:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Parvoz MFY hududida faoliyat yuritayotgan uy bog‘chasida yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida muassasaning elektr xo‘jaligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligi, evakuatsiya yo‘laklarining holati hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish va xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🚒 Yong‘in xavfsizligini ta’minlash — inson hayoti va mulkini asrashning muhim omilidir.






