Zangiota tumanida suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2026-06-10 14:35:00 / Yangiliklar

Yoz mavsumi davomida fuqarolarning suv havzalarida xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish maqsadida Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga suvda cho‘milish qoidalari, cho‘milish taqiqlangan hududlarning xavfi, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirmaslik hamda suvda yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aholiga ehtiyot choralariga rioya qilish, faqat belgilangan va xavfsiz hududlarda cho‘milish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi fuqarolarni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiradi.



