BO‘STONLIQ TUMANIDA O‘QUVCHI YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI
2026-05-13 17:10:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashtirilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli Chorvoq, O‘rmon va 15-KQQ bo‘linmalari tomonidan mayor R.Bo‘riyev boshchiligida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarni kasbga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlar xizmatida foydalaniladigan maxsus texnika va asbob-anjomlar yaqindan tanishtirilib, ularning imkoniyatlari hamda foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.





