Otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
2026-05-12 15:10:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga biriktirilgan otaliqqa olingan og‘ir toifadagi yoshlar bilan mas’ul ofitserlar tomonidan joylarga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni og‘ir toifadan chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. Shuningdek, hamkor huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim аҳамият kasb etmoqda.




