Litsey tarixi

SHAHRISABZ “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY- AKADEMIK LITSEYI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4375-sonli qarori asosida tashkil topgan. O‘qish muddati 2 yil. Qabul kvotasi 100 nafar.
Harbiy-akademik litsey o‘z faoliyatini 2020-yil may oyidan boshlagan va rasmiy ochilish marosimi 2021-yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi tantanalarida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-leytenant Tursinxon Aydarovich Xudoyberganov, FVV Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Qobil Raimovich Berdiyev, general-mayor Qosimali Hoshimovich Ahmedov, O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova ishtirok etishdi.
Harbiy–akademik litseyda Respublikamizning barcha hududlaridan tanlovlarda ishtirok etgan, 500 nafardan ortiq nomzodlar orasidan muvaffaqiyatli o‘tgan 36 nafar yuqori mahorat va malakaga ega o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar. 29 nafari Oliy toifali, 4 nafari Birinchi toifali, 1 nafari Ikkinchi toifa, 2 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchi malaka toifalariga ega. Ularning 3 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi”, 1 nafari “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi”, 2 nafari Xalqaro C1 sertifikati sohibi, 2 nafar “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi”, 1 nafari “MDX ning eng yaxshi o‘qituvchisi”, 1 nafari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi.
2022-yil 14-18-mart kunlari Toshkent shahrida “Temurbeklar maktablari” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichida Usmonqulov Ramziddin faxrli 3-o‘rinni egalladi. Xudoyberdiyev Jahongir “Jasoratga da’vat”, Ahadov Jonmuhammad “Tinchlikparvar g‘oyasi uchun”, Abdusalomov Firdavs “Taraqqiyot strategiyasi bilimdoni” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
2021-2022-o‘quv yili Respublika fan olimpiadalari 3-viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, Sharipov Oybek fizika fanidan 2-o‘rin, matematika fanidan Murodov Shohruh 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Tursunov Sardor informatika fanidan ketma-ket 2 marta viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
2022-yil 7-8-iyun kunlari Toshkent shahrida “Temurbeklar maktablari” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o‘qituvchi”, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarining Respublika bosqichida harbiy-akademik litsey faxrli 2-o‘rinni, Matematika fani o‘qituvchisi Kenjayev Sharof “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi o‘qituvchi”, Ahadov Jonmuhammad “Eng iste’dodli o‘quvchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmatchilari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 344-sonli qarori asosida 2022-2023 o‘quv yilidan 150 o‘quvchi tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi.
2022-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari tasarrufidagi “Temurbeklar maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida 5000 metrga ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari jamoaviy hisobda faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar. Yakkalik bahslarida esa 3-20-guruh o‘quvchisi Abdumannonov Asilbek ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 2022–2023-o‘quv yilida o‘tkazilgan umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida
4-21-guruh o‘quvchisi Tursunov Sardorbek Qahramon o‘g‘li informatika va axborot texnologiyalari fanidan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
2022-yilda harbiy-akademik litsey ilk bitiruvchilarining 101 nafaridan 12 nafari imtiyozli diplom bilan o‘qishni yakunladi va bitiruvchilarning 98 % OTMlariga o‘qishga qabul qilindilar. Ulardan 55 nafari FVV Akademiyasiga, 6 nafari Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtiga, 1 nafari Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘qishga kirgan bo‘lsa, 19 nafari O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga grant asosida o‘qishga qabul qilindilar.
2023 yilda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchi o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etib, harbiy akademik litseylar orasida 1-o‘rinni egallagani alohida e’tirofga sazovordir.
Ahamiyatli jihati shundaki, o‘tgan yilgi bitiruvchilarning
78 foizi oliy harbiy ta’lim muassasalariga, xususan
66 nafari Favqulodda vaziyatlar Akademiyasiga, 10 nafari Qurolli Kuchlari akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti, Davlat bojxona institutiga, 18 nafari Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz uchun mustahkam zaxira sifatida ta’lim olib kelmoqdalar. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlarning 91% davlat granti asosida, 6 % to‘lov kontrakt asosida ta’lim olmoqdalar.
Joriy yilda litsey bitiruvchilarining 4 nafari CEFR va 6 nafari milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani bugungi bitiruvchilardan ham eng yuqori natijalar kutishga haqli ekanimizni anglatadi. Jumladan, o‘quvchimiz Tojiyev Asror ingliz tili va matematika fanlaridan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib muddatidan oldin talabalik sharafiga muyassar bo‘lgani quvonarli holdir.
Litsey o‘quvchilari sport sohasida ham faol bo‘lib, joriy yilda Toshkent shahrida "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari o‘rtasida tashkil etilgan "Amir Temur avlodlari" harbiy-sport musobaqalarida litsey jamoasi munosib ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Milliy kurash bo‘yicha Otabek Qilichov 1-o‘rinni, Sherzod Shermonov 2-o‘rinni, o‘q otish sport turidan Saidafzal Usmonov hamda Fayzullo To‘lqinovlar 2-o‘rinni egallab oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdilar.
2023-yil 14–19-noyabr kunlari o‘quvchilarimiz Og‘abek To‘ymurodov, Asilbek Abdikarimov, Shohjahon Rashidov hamda Fazliddin Safarovlar o‘z vaznlari toifasida sportning Muay-tay WMF turi bo‘yicha xalqaro va respublika musobaqalarida 67 kg vazn toifasida 1 ta kumush 67 va 75 kg vazn toifalarida 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.
2023-yilda harbiy-akademik litseylar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng namunali o‘quvchi” tanlovining Respublika bosqichida Ahadov Jonmuhammad faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ingliz tili fani o‘qituvchisi Fayyoza Dadaboyeva “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi o‘qituvchi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
2024 yilda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchi o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 100 foizni tashkil etganligi alohida e’tirofga sazovordir.
Ahamiyatli jihati shundaki, o‘tgan yilgi bitiruvchilarning
62,2 foizi (84 nafari) oliy harbiy ta’lim muassasalariga, xususan
55 nafari Favqulodda vaziyatlar Akademiyasiga, 12 nafari Qurolli Kuchlari akademiyasi, 6 nafari Jamoat xavfsizligi universitetiga,
7 nafari Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti,
1 nafari Davlat bojxona institutiga, 2 nafari Harbiy aviatsiya institutiga, 52 nafari Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz uchun mustahkam zaxira sifatida ta’lim olib kelmoqdalar. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlarning 83 % davlat granti asosida, 17 % to‘lov kontrakt asosida ta’lim olmoqdalar.
Joriy yilda litsey bitiruvchilarining matematika fanidan
68 nafari matematika fanidan, 55 nafari fizika fanidan,
5 nafari ingliz tili fanidan jami 128 ta milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Ular orasidan 45 nafar o‘quvchi ikkita fandan (fizika va matematika fanlaridan) milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Litsey o‘quvchilari sport sohasida ham faol bo‘lib, oxirgi uch yilda respublika va xalqaro miqyosdagi sport o‘yinlarida 3 ta oltin, 26 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritganlar.
Joriy yilning 3-4-may kunlari Toshkent shahrida sportning Karate turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida 55 kg vazn toifasida o‘quvchimiz Xolmaxmatov Lazizbek Sanjar o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritib sovrindorlar safidan o‘rin egalladi.
2024-yil 12–15-may kunlari Toshkent shahrida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada litsey o‘quvchilari milliy kurash va o‘q otish sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldilar.
Shuningdek, 2024-yil 13-iyun kuni “Harbiy prokuror sovrini” doirasida matematika fanidan o‘tkazilgan musobaqada litsey o‘quvchisi Turg‘un Abdullayev faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
2024-yil 6-sentabr kuni esa “Butunjahon kurash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Qarshi harbiy prokurori kubogi” musobaqasida litsey o‘quvchilari turli vazn toifalarida sovrinli o‘rinlarni egalladilar.
2025 yilda 123 nafar bitiruvchilarning 123 nafar (100%) Respublikamizning oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga 63 nafar, Qurolli Kuchlar Akademiyasiga 14 nafar, Milliy gvardiya Jamoat Xavfsizlik Universitetiga 3 nafar, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtiga 8 nafar, Davlat Bojxona institutiga 3 nafar, Harbiy aviatsiya bilim yurtiga 3 nafar, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalariga 29 nafar o‘qishga qabul qilindi.
Oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlarning 97% davlat granti asosida, 3 % to‘lov kontrakti asosida ta’lim olmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzulmalari tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylarida fan olimpiadalarini tashkil etishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida 2025-yil 2-iyundagi 13/36/19/25/13/33 son qo‘shma qaroriga muvofiq joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasining ikkinchi (respublika) bosqichida aniq fanlar yo‘nalishida fizika fanidan birinchi bosqich o‘quvchisi Ahrorov Azizxon 1-o‘rinni, ikkinchi bosqich o‘quvchisi Eshtemirov Nodir 2-o‘rinni, matematika fanidan birinchi bosqich o‘quvchischi Bobonozarov Azizbek 2-o‘rinni, ingliz tili fanidan ikkinchibosqich o‘quvchisi Normurodov Dilshod 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabr kunidagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-346-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi fan olimpiadalari markazining 2025-yil 22-oktabrdagi 02-10-585-son xatining ijrosini ta’minlash maqsadida, Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida asosiy olimpiadaning uchinchi – viloyat bosqichida informatika fanidan birinchi bosqich o‘quvchisi Payzullayev G‘ayrat
3-o‘rinni egalladi.
2025-yil 9-aprel kuni “Amir Temur va Temuriylar davri renessansida ilm-fanga e’tibor” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
2025-yil davomida xorijiy (ingliz tili) tilidan 6 nafar o‘quvchi V2 darajadagi til bilish seritfikatini, matematika fanidan 228 nafar, fizika fanidan 128 nafar o‘quvchi, shuningdek, fan o‘qituvchilardan 19-nafari umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy seritfikatni, ikkinchi bosqich o‘quvchisi Normurodov Dilshod matematika fanidan xalqaro SAT seritfikatini qo‘lga kiritishdi.
2025-yil 21–22-may kunlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining mintaqaviy saralash bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 1-24-guruh o‘quvchisi Husanov Mirjalol Nurbek o‘g‘li taekvondo sport turi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
2025-yil 27-sentabr kuni Samarqand viloyat ochiq chempionatida taekvondo ITF turi bo‘yicha 16–17 yosh toifasida ishtirok etgan litsey o‘quvchisi Sanayev Bayramali Murodulla o‘g‘li birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2026 yil dastlabki uch oyi davomida ingliz tili fanidan 2 nafar o‘quvchi V2 sertifikatini, matematika fanidan 140 nafari, fizika fanidan 39 nafari, Ona tili fanidan 9 nafari, fan o‘qituvchilardan 2 nafari umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy seritfikatni, ikkinchi bosqich o‘quvchisi Eshtemirov Nodir xalqaro SAT seritfikatini qo‘lga kiritishdi.
2026-yil 10-yanvar kuni yangi 170 o‘rinli o‘quvchilar yotoqxonasi foydalanishga topshirildi.
