ÖZBEK ALIFBOSINING TAKOMILLAŞUVI MAVZUSIDA ÖQUV MAŞĞULOTI ÖTKAZILDI
2026-11-06 15:30:00 / Yangiliklar

Şahrisabz «Temurbeklar maktabi» HALda şaxsiy tarkibning davlat tilida iş yuritiş savodxonligini oşiriş maqsadida «Özbek alifbosining takomillaşuvi» mavzusida öquv maşğuloti taşkil etildi.
Maşğulotni Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi Qaşqadaryo viloyati hududiy bölinmasi mutaxassisi Niyazov Sunnatillo Baxtiyor öğli olib bordi.
Maşğulot davomida özbek alifbosining şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari, imlo qoidalari hamda davlat tilida iş yuritişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan ÖRQ–1184-son Qonun mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi alifboga ötiş tartibi, amaldagi hujjatlarning yuridik kuçi saqlanişi va yozma savodxonlikni oşiriş masalalari yuzasidan ham tuşunçalar berildi.
Zero, davlat tiliga hurmat — milliy özligimizga hurmat, savodxonlik esa yuksak kasbiy madaniyat belgisidir!





