“OLTIN MEROSNI QADRLAYMIZ” — TARIXGA SAYOHAT, QADRIYATLARGA EHTIROM!
2026-10-20 10:00:00 / Yangiliklar

I öquv kursining 1,2-26-guruhlari öquvçilari uçun dam oliş kunlarini mazmunli taşkil etiş, ularni tarixiy obidalarimizning bunyod etiliş tarixi bilan yaqindan taniştiriş hamda yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy merosimizga hurmat tuyğularini mustahkamlaş maqsadida “Oltin merosni qadrlaymiz” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy sayohat taşkil etildi.
✨ Sayohat davomida öquvçilar qadimiy Şahrisabzning boy tarixidan hikoya qiluvçi “Dor ut-Tilovat” va “Dor-us-Saodat” majmualari, Kök gumbaz jome masjidi, Sayidlar dahmasi, Hazrati imom masjidi, Jahongir maqbarasi va Amir Temur dahmasi bilan yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, “Çorsu” savdo majmuasi, “Koba” karvonsaroyi, muhtaşam Oqsaroy yodgorligi hamda “Amir Temur moddiy madaniy merosi” muzeyiga taşrif buyurib, tarixiy obidalar, ularning quriliş tarixi va ajdodlarimizning boy moddiy-madaniymerosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega böldilar.









