Korrupsiyaga qarshi kurashishda shaxsiy mas’uliyat va halollik
2026-10-19 16:00:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2026-yil 10-oktabrdagi 258-son buyrug‘i shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi. Mazkur buyruqda vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalari belgilangan.
Tadbir davomida buyruqning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga tushuntirildi. Belgilangan vazifalarga rioya etish, xizmat faoliyatida qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.




