UCH AVLOD UCHRASHUVI
2026-10-15 14:50:00 / Yangiliklar

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi, iste’fodagi mayor U. Shaymurodov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar va katta avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, Vatanga sadoqat, fidoyilik, harbiy xizmat sharafi, hayotiy tajriba va ajdodlar merosiga hurmat kabi muhim mavzularga e’tibor qaratildi.




