HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI
2026-10-15 15:30:00 / Yangiliklar

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida nizomga zid munosabatlarning oldini olish, harbiy xizmatchilar o‘rtasida ahillik va birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi ahillik va birdamlik – yutuqlar garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Azimqulov Toshtemir Sayitmurod o‘g‘li ishtirok etib, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun-qoidalarga rioya qilish, o‘zaro hurmat, intizom va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishning ahamiyati haqida tushunchalar berdi.


